
9Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
• Agar siz tashqarida aylanib yurgan vaqtingizda musiqa tingllayotgan bo‘lsangiz,
musiqa ovozining sizni atrofingizdagi voqealardan chalg‘itmaydigan darajada past
ekanligiga ishonch hosil qiling. Bu ayniqsa to‘llarga yaqin joyda bo‘lganingizda
juda muhimdir.
Eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazmang
Eshitish qobiliyatiga shikast yetishining oldini olish uchun uzoq vaqt
davomida baland ovozda eshitmang.
Agar uzoq vaqt davomida qulog‘ingiz baland tovush ta’sirida bo‘lsa, eshitishingiz
qobiliyatiga shikast yetishi mumkin. Shuning uchun garniturani qulog‘ingiz yaqinida
yoqish yoki o‘chirish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, musiqangiz va qo‘ng‘irog‘ingiz
ovoz murvati mo‘tadil darajaga o‘rnatishni tavsiya qilamiz.
• Garnituralardan foydalanayotgan paytingizda agar odamlarning ovozini
eshitmasangiz yoki yoningizdagi odamlar tinglayotgan narsangizni eshitsa, ovoz
murvatini pasaytiring.
• Naushnik va garnituradan chiqayotgan ortiqcha tovush bosimi eshitish
qobiliyatining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
Shisha qismlar
Qurilmaning ayrim qismlari shishadan yasalgan. Agar qurilma qattiq sirtlarga
tushirib yuborilsa yoki jiddiy ta’sirga uchrasa, bu shisha sinishi mumkin. Agar shisha
sinsa, uni olib tashlashga urinmang. Vakolatli xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan shisha
almashtirilmagunicha qurilmadan foydalanishni to‘xtating.
Portlash ishlari olib borilayotgan hudud
Qurilmadan portlash ishlari olib borilayotgan joylarda foydalanmang. Cheklanishlarni
bajaring va barcha tartib va qoidalarga amal qiling.
Comments to this Manuals