LG GR-F802HMHU User Manual Page 16

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 72
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 15
16
UZ
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang.
Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan mudati va
yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar)
tekshiring.
Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat
saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
Sovitilgan yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotini
darhol mos ravishda sovutkich yoki muzlatkich
bo‘lmasiga qo‘ying.
To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan
oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning
mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.
Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa yot
moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib ketishi
va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jihoz ichini haddan ziyod to‘ldirib yubormang.
Uning ko‘pi bilan 70% qismini to‘ldiring. Agar jihoz
ichini haddan ziyod to‘ldiriladigan bo‘lsa, sovuq
havo yaxshi aylanmaydi.
Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni soviting Agar
jihoz ichiga kuda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti
qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib
ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi
mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri
saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past
haroratni o‘rnatmang.
Jihozni doim toza saqlang.
Agar jihozda salqinlatish bo‘lmasi mavjud bo‘lsa,
tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-
sabzavotlarni bunday bo‘lmalarda saqlamang,
chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin.
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim
qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat
qiling.
Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat
mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.
Max Freezing Capacity (eng yuqori
muzlatish quvvati)
Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatkichning eng
yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi.
Bunga odatda 24 soatgacha ketadi, keyin
avtomatik ravishda o‘chadi.
Agar maksimal muzlatish quvvati ishlatiladigan
bo‘lsa, muzxonaga yangi mahsulotlar qo‘yilishidan
2 soat oldin Tezkor muzlatish yoqib qo‘yilishi
lozim.
eng ko‘p mahsulot saqlash
Havo aylanishini yaxshilash uchun siljuvchi muz
tayyorlagichni olib tashlang.
Agar yirik miqdordagi mahsulotlar saqlanadigan
bo‘lsa, jihoz ichidan muz tayyorlagichni olib
tashlab, mahsulotlarni muzlatkich bo‘lmasidagi
tokchalarga taxlab qo‘yish mumkin.
Page view 15
1 2 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 71 72

Comments to this Manuals

No comments