Lg 50PB660V User Manual Page 122

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 172
  • Table of contents
  • TROUBLESHOOTING
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 121
4
ENG
O’ZBEKCHA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
y
Yomg’irning sizib kirishining oldini olish uchun antenna kabelini bino ichi va tashqarisida
buking. Aks holda bu mahsulot ichiga suvning oqib kirishiga sabab bo’lishi va elektr toki
urishiga olib kelishi mumkin.
y
Televizorni devorga o’rnatishda elektr toki urishi/yong’in chiqishi havfi kelib chiqmasligi
uchun uning mustahkam o’rnatilganligi va televizorning orqa tarafidagi kabellarning
izolyatsiyalanganligiga ishonch hosil qiling.
y
Ko’p tirqishli rozetkaga haddan tashqari ko’p elektr qurilmalarini ulamang.
Aks holda ortiqcha qizib ketish oqibatida yong’in xavfi kelib chiqishi mumkin.
y
Tashqi qurilmalarni ulaganda mahsulotning ag’darilib ketishiga yoki tushib ketishiga yo’l
qo’ymang.
Aks holda jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
Desiccant
y
Namlanishdan himoyalovchi yoki vinil qadoqni bolalarning qo’llari yetmaydigan joyda
saqlang.
Namlanishga qarshi material yutib yuborilganda hayot uchun xavflidir. Bilmasdan
yutib yuborilgan hollarda bemorni qayt qilishga majbur qiling va eng yaqin joylashgan
shifoxonaga olib boring. Bundan tashqari, vinil qadoq ashyosi bo’g’ilishga olib kelishi
mumkin. Uni bolalarning qo’llari yetmaydigan joyda saqlang.
y
Farzandlaringizning televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga yo’l qo’ymang.
Aks holda televizor ag’darilishi va jiddiy jarohat yetkazishi mumkin.
y
Yosh bolalar batareyalarni yutib yubormasliklariga ishonch hosil qilish uchun yaroqsiz
batareyalarni ahlatga tashlang. Iltimos, bola batareyani yutib yuborgan hollarda darhol
shifokor huzuriga boring.
y
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi devordagi kirish joyiga ulangan hollarda u va devordagi
rozetka orasiga metall buyumlar/o’tkazgichlarni (masalan, ovqatlanish uchun metal cho’p/
oshxona asboblari/otvyortka kabilarni) qo’ymang. Bundan tashqari, elektr manbaiga ulash
kabeliga uni devordagi rozetkaga ulagandan so’ng darhol tegmang. Aks holda elektr toki zarbiga
uchrashingiz mumkin. (Rusumga qarab)
y
Yonuvchan moddalarni mahsulot yaqinida saqlamang yoki saqlamang.Yonuvchan
moddalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo’lish yonish, portlash yoki yong’in chiqish
xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
Tanga, soch to’g’nag’ichi, tayoqcha yoki sim kabi metal buyumlar yoki qog’oz va gugurt kabi
yonuvchan buyumlarning mahsulot ustiga tushib ketishiga yo’l qo’ymang. Bolalar alohida e’tibor
qaratishlari lozim. Elektr toki urishi, yong’in yoki shikastlanish sodir bo’lishi mumkin. Agar begona
buyumlar mahsulot ustiga tushib ketsa, quvvat manbaidan uzing va xizmat ko’rsatish bo’limiga
murojaat qiling.
Page view 121
1 2 ... 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 ... 171 172

Comments to this Manuals

No comments